5-may kuni soat 13:16 da Namangan viloyati Kosonsoy tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Zilzila magnitudasi 3,7 ga teng. Chuqurlik — 14 km. Epitsentr esa Toshkentdan 194 km janubi-sharqda. Yer qimirlashi tumanda 3 ball ko‘rinishida sezildi.

Yer qimirlashi Yangiqo‘rg‘on tumanida 2−3 ball, Chortoq, To‘raqo‘rg‘on va Namangan shahrida 2 ball ko‘rinishida sezildi.